YOSHLARNI KELAJAKKA TAYYORLASH: ENERGIYA VA IMKONIYATLAR OCHIQ DARSIDA
Andijon shahridagi 2-son maktab о‘quvchilari uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali va Energosavdo filiali Andijon bo’linmasi hamkorligida elektr energiyasidan oqilona foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda bitiruvchilarga mamlakatimizda soʻngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan “ochiq dars” о‘tkazildi.
O‘quvchilar uchun bu kabi tadbirlar juda ahamiyatli bo'lib, ular nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham egallashlariga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, yoshlar, ayniqsa yosh qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma'lumot olishlari, ularni kelajakda faol ishtirokchilarga aylantirishga yordam beradi.