ALOQA UCHUN

Namangan davlat texnika universitetida «Karьera markazi» loyihasi doirasida navbatdagi rahbar va talabalar muloqoti oʼtkazildi

Namangan davlat texnika universitetida «Karьera markazi» loyihasi doirasida navbatdagi rahbar va talabalar muloqoti oʼtkazildi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbir mehmoni «Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Namangan hududiy filiali direktori Аdhamjon Qoraboev boʼldi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbar oʼrinbosari Otabek Rahimov mazkur loyiha yoshlarni davlat xizmatiga qiziqtirish, ularning mutaxassisliklari boʼyicha munosib ish oʼrinlariga ega boʼlishlariga amaliy yordam koʼrsatish maqsadida tashkil etilayotganini taʼkidladi.

Аdhamjon Qoraboev Energetika fakulьteti bitiruvchilari bilan muloqoti davomida oʼzining talabalik yillari, dastlabki ish faoliyati haqida hikoya qildi. Energetika sohasidagi islohotlar, mutaxassislarga qoʼyilayotgan bugungi talablar yuzasidan fikr almashdi.

Tadbir davomida talabalarning sohaga oid savollariga javoblar berildi, faol ishtirokchilar esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

NamDTU media markazi

  • 22.05.2025
  • 58
Sayt xaritasi