ALOQA UCHUN

"Kiberxavfsizlik va uning salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati о‘tkazildi

"Kiberxavfsizlik va uning salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati о‘tkazildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ishchi-xodimlari о‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, kibertahdilardan himoyalagish hamda internet tarmog‘idagi firibgarlik holatlarini oldini olish maqsadida, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mas’ul xodimlari ishtirokida davra suhbati о‘tkazildi.


Videoaloqa shaklida bо‘lib о‘tgan  tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ijro appart hamda hududiy korxona va filial rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi.


Tadbir davomida, ma’ruzachilar tomonidan bugungi kunda internet tarmog‘ida keng ommalashib borayotgan hamda hozirgi kundagi global muammolardan biriga aylangan kiberjinoyatchilik va uning natijasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, shu bilan bir qatorda ish vaqtida internet tarmog‘idan foydalanish madaniyati va kibertahdidlardan himoyalanish bо‘yicha zarur ma’lumotlar berib о‘tdilar.


Tadbir doirasida qatnashchilar kibertahdidlarning oldini olish va qarshi kurashishda zamonaviy usullar yо‘nalishida о‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

  • 21.05.2025
  • 69
Sayt xaritasi