ALOQA UCHUN

HALOLLIK — XIZMAT MADANIYATINING ASOSI

HALOLLIK — XIZMAT MADANIYATINING ASOSI

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi barcha korxonalarda xodimlarning kasbiy saviyasi, xizmat madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.


Shu yo‘nalishdagi navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri Qo‘qon shahar elektr ta’minoti korxonasida tashkil etildi.
Mazkur yig‘ilishda xodimlar o‘rtasida xizmat madaniyati, odob-axloq qoidalari, davlat xizmatiga bo‘lgan hurmatni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muhim mavzular muhokama qilindi.


Tadbir davomida xodimlarga xizmat vazifalarini halollik va vijdon bilan bajarish, murojaatlarga tezkor va e’tiborli munosabatda bo‘lish, ichki intizomga qat’iy rioya qilish hamda jamoatchilik bilan muloqotda doimo odobli bo‘lish talablari alohida ta’kidlab tushuntirildi.


Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi markaziy o‘rinda turdi. Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘siq, fuqarolar ishonchiga putur yetkazuvchi xavfli illat ekani qat’iy ta’kidlandi. Xodimlarga korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha huquqiy va amaliy ko‘rsatmalar berildi.


Tadbir davomida: – korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha misollar asosida tahlillar; – qonunchilikdagi javobgarlik choralari; – halol va adolatli xizmat yuritishning ijobiy jihatlari yoritildi.
Har bir xodimning halolligi, sadoqati va ochiq faoliyati – xalq ishonchini qozonish, tashkilot obro‘sini mustahkamlash hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish yo‘lida muhim qadamlardan biri ekanligi alohida tushuntirib berildi.

  • 16.05.2025
  • 71
Sayt xaritasi