ALOQA UCHUN

Korrupsiya islohotlar yо‘lidagi eng katta tо‘siqdir

Korrupsiya islohotlar yо‘lidagi eng katta tо‘siqdir

Bugun “Hududiy  elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filialida 2025-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi bо‘yicha yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv raisining kapital qurilish boʼyicha oʼrinbosari Nosirov Dilshod Bahadirovich raisiligida Surxondaryo hududiy filiali, "Energosavdo" filiali Surxondaryo boʼlinmasi, “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi” filiali Surxondaryo bо‘linmasi boʼlim va xizmat boshliqlari, shahar va tuman elektr taʼminoti rahbar va ishchi xodimlari ishtirok etishdi.

"Energosavdo" filiali Surxondaryo boʼlinmasi xodimlari tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etishini oldini olish, ularni kelib chiqishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, tizim xodimlari tomonidan o‘tgan davrda sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʼlovlarni oʼz vaqtida undirish, elektr energiyasidan oqilona foydalanish holatlarini nazorat qilish zarurligi taʼkidlab oʼtildi.

Qolaversa, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida belgilangan qurilish ishlarini oʼz vaqtida sifatli bajarish yuzasidan ham topshiriqlar berib oʼtildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 15.05.2025
  • 132
Sayt xaritasi