ALOQA UCHUN

Xodimlarning muntazam ravishda tajriba almashishlarini ta’minlash, ularning malaka oshirishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida, 2025-yil uchun tasdiqlangan rejaga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tizimli ishlar qilinmoqda.

Xususan, ayni kunlarda "Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” filiali tomonidan Jamiyat tarkibiy korxona va filiallarining tuman va shahar elektr ta’minoti bosh muhandislari va muhandis-texnik xodimlari ishtirokida о‘quv-seminarlari tashkil etilgan.

Yoqilg‘i energiya resurslarini iqtisod qilish, muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanish, tarmoqlardagi yо‘qotishlarni kamaytirish choralarini kо‘rish hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish mavzusida tashkil etilgan о‘quv dasturlarida tinglovchilar nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘liq tarzda о‘tkazmoqdalar.

Jumladan ishtirokchilar bugun Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish Markazi”da hamda Yashnobod tumanidagi “Xosilot” podstansiyada bо‘lib, zarur amaliy kо‘nikmalarga ega bо‘lishdi.

  • 08.05.2025
  • 79
Sayt xaritasi