Bugun Toshkent shahridagi 50 maktab о‘quvchilari uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Fransiya taraqqiyot agentligi hamkorligida elektr energiyasidan oqilona foydalanish, energiya tejamkor uskunalarni qо‘llash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish yuzasidan “ochiq dars” о‘tkazildi.
Tadbir davomida ta’lim muassasa о‘qituvchilari va о‘quvchilariga mavzu yuzasidan atroflicha ma’lumot berilib,video-rolikliklar, tarqatma materiallar taqdim etildi.
Mazkur “ochiq dars”ni an’anaviy tarzda о‘tkazishdan maqsad yoshlarda elektr energiyasi qanday ishlab chiqarilishini anglash, uni tejash, xalq mulki sifatida undan oqilona foydalanish masalalari bо‘yicha mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.
Shuningdek, tadbirda asosiy e’tibor elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonlari va bugungi kunda muqobil energiya manbalarini keng joriy etish samaralari tо‘g‘risida о‘quvchilarga ma’lumot berildi. Xususan, bugungi kunda xonadonlarda quyosh panellari о‘rnatilib, ularda ishlab chiqarilayotgan elektrni davlatga sotish tizimi amaliy samara berayotgani aytib о‘tildi.
Shu bilan bir qatorda, tadbir doirasida о‘quvchilar uchun energiya samaradorligi mavzusida qiziqarli savol-javoblar va viktorinalar о‘tkazildi hamda g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.