ALOQA UCHUN

“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan 2024 yilning Prezidentimiz tomonidan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb nomlanishi ham ularga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasidir.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ  Boshqaruv raisi kubogi-2025” futbol musobaqalari doirasida Jamiyatning Boshqaruv raisi ishtirokida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqotining mohiyati ham yoshlar bilan samimiy suhbatlashish, ular ichki dunyosiga nazar solish, qiziqishlarini o‘rganish, tahlil qilish orqali muammolarini hal qilishdan iborat.

Uchrashuvda tizim korxona va filiallarida faoliyat olib borayotgan 200 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.


 Takliflardan kelib chiqib korxonalarda tashkil etilgan kutubxonalar tasarrufida "Yosh kitobxonlar klub"larini shakllantirish, yosh olimlarni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish, “О‘zbekiston bо‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizning tarixiy obyektlariga sayohatlar uyushtirish va "Eng yaxshi startaplar" tanlovini o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.


Yoshlar ham yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘zini to‘la namoyon etishiga ishonch bildirdilar.
Ma’lumot uchun qayd etish joizki, bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda 30 yoshgacha bo‘lgan besh mingdan ortiq yoshlar faoliyat olib bormoqda.


Bu kabi uchrashuvlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi barcha tizim korxonalarida muntazam tashkil etilishi qayd etildi.
Tadbirda korxona ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yoshlar taqdirlandi.

 

  • 25.04.2025
  • 176
Sayt xaritasi