Bugun “Hududiy elektr tarmoqlar” da “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Ish joyida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish – munosib va xavfsiz mehnat omillaridan biri” mazusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi xizmati, Kasaba uyushma qo‘mitasi, Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika kengashi va Davlat Mehnat inspeksiyasining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Тadbir davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filial va korxonalarida mehnat muhofazasini samarli tashkil etilishi, ish joylarida xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini yaratish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha masalalar mutaxassislar ishtirokida keng muhokoma etildi, shuningdek ushbu yo‘nalishda savol-javoblar o‘tkazildi.
Tadbir so‘ngida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha faol mehnat yuritayotgan xodimlar va mehnat faxriylarni munosib taqdirlandi.