ALOQA UCHUN

Samarqandda katta miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qо‘yildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Samarqand hududiy filiali va “Energosavdo” filiali Samarqand bо‘linmasi Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan о‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan о‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.


Xususan, joriy yilning 1-14 aprel kunlari Samarqand viloyati bо‘ylab о‘tkazilgan reyd tadbirlarida iste’molchilar tomonidan 13,89 mln. kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari natijasida jami 12,5 mlrd.sо‘m zarar yetkazilganlik holatlari bо‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan qayta hisob-kitob qilingan holda tо‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Shuningdek, foydalanilgan elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud bо‘lgan iste’molchilarning 3,6 mlrd. sо‘mlik debitor qarzdorliklari undirildi.
Mazkur yо‘nalishda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

  • 16.04.2025
  • 175
Sayt xaritasi