ALOQA UCHUN

Hududlarda sayyor seminarlar tashki etilmoqda

Bosh prokuratura tashabbusi bilan Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi tomonidan soha malakali mutaxassislari hamda professor o‘qituvchilarini jalb etgan holda Andijon viloyati hududiy shtabi va tuman (shahar) shtablari a’zolari uchun "Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini takomillashtirish masalalari" mavzusida sayyor seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
 


Seminarda sohaning malakali mutaxassislari hamda professor o‘qituvchilar tomonidan viloyat va tuman (shahar) shtablari ishni to‘g‘ri tashkil etish, faoliyatini muvofiqlashtirib borish, energiya resusrlarini iqtisod qilish, texnologiya yo‘qotishlarini oldini olish, energiya resurslarini talon-taroj qilish holatlarini fosh etish va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
 
Shuningdek, ishtirokchilarga Prezidentning 01.04.2025 yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-son qaroriga asosan energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tuman-shahar idoralararo ishchi guruhlarining vazifalari,  energiya balansini ishlab chiqish, ko‘rsatkichlarini bajarish, energiyani tejash dasturlari ijrosini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatni tashkil etish mexanizmlari tushuntirildi.

  • 13.04.2025
  • 87
Sayt xaritasi