ALOQA UCHUN

KORRUPSIYANING OLDINI OLISH – MUHIM MASALA

KORRUPSIYANING OLDINI OLISH – MUHIM MASALA

Bugun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda korrupsiyaning oldini olish shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga bag'ishlab, jamiyat bosh direktori hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari boshchiligida kengaytirilgan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

 Unda korxona bo’lim va xizmatgohlarning boshliqlari, muhandis xodimlari va jamiyat tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarining boshliqlari ishtirok etdi.  


 
Ta’kidlash joizki, so’ngi yillarda yurtimizda korrupsiyaqa qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda. Shunga qaramay sohada bunday holatlarning hamon uchrayotganligi achinarli hol albatda. Shuning uchun xodimlarga ushbu illatga qarshi yanada toqatsizlik munosabatlarini shakllantirish, korrupsiyaga qarshi birga kurashish va o'z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishlari lozimligi uqtirildi.

Shu maqsadda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda, korrupsiyadan holi, rivojlangan davlatni barpo etishda barcha birdek mas’ul ekanligi, tizimda bugungi yaratib berilgan shart sharoitlardan to’g’ri foydalanib, inson qadri ulug’lanib borayotgan yurtda shukronalik hissini tuyub yashash zarurligi  ta’kidlandi.

  • 27.03.2025
  • 166
Sayt xaritasi