ALOQA UCHUN

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Bosh prokuratura va Toshkent viloyat prokuraturasining Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bо‘limi mas’ullari tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali, “Energosavdo” filiali va ularning quyi tizimlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish bо‘yicha kelgusida qilinadigan vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda bu boradagi faoliyat samaradorligini oshirish, jinoyatlarni yashirishga yо‘l qо‘ymaslik yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va kо‘rsatmalar berildi. 

Shuningdek, korrupsion holatlar kelib chiqilishi mumkin bо‘lgan har bir vaziyatga favqulodda holat sifatida qaralib, vazifa va topshiriqlar ijrosini о‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlamagan mas’ullarning intizomiy va boshqa javobgarlik masalalari hal etilishi va keskin choralar kо‘rilishi haqida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini tizimli tashkil etish, jamoatchilik bilan aloqalarni kuchaytirish, jamoat tartibi va aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan chora tadbirlar belgilandi.

  • 19.03.2025
  • 718
Sayt xaritasi