ALOQA UCHUN

“Hududiy  elektr tarmoqlari” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish choralari yanada kuchaytiriladi

“Hududiy  elektr tarmoqlari” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish choralari yanada kuchaytiriladi

Bugun “Hududiy  elektr tarmoqlari” AJda va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligi va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga qaratilgan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

Ma’lumki, joriy yilning 5-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha eng muhim vazifa va maqsadlar belgilab berildi. Unda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilishi, har bir davlat xizmatchisi hamda fuqaroning bu illatga qarshi kurashishda mas’ulyatini yanada oshirishga chuqur e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda korrupsiya illatidan mutloq xoli bo‘lgan tizim yoki faoliyat mavjud emas, afsuski. Shu munosabat bilan har bir tashkilot va fuqaro oldida korrupsiyasiz kelajakni bunyod etish vazifasi turganini chuqur anglamoq lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Hududiy  elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibiy filial va korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etishni oldini olish, ularni kelib chiqishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, tizim xodimlari tomonidan o‘tgan davrda sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.

“Hududiy  elektr tarmoqlari” AJda boshqaruv raisi Asror Akramov, Bosh prokuratura prokurori Rustamjon Raximov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig'i Xusniddin Allamurodov, shuningdek, boshqa mas’ullar ishtirokida davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati hamda sohada bu borada amalga oshirilshi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan raqamlashtirish jarayonlarini davom ettirish, komplayens-nazorat xizmatlarining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, faoliyatini yanada jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda sohadagi korrupsion holatlarni bartaraf etish, jumladan, xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarda ham shaffof tizimni yaratish masalalariga keng urg‘u berildi.

Barcha xodimlarga korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va uni oldini olishda birgalikda harakat qilishga doir tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

  • 07.03.2025
  • 1226
Sayt xaritasi