“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Komplayens nazorat tuzilmasi tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va tegishli choralar ko‘rish yuzasidan hududlarda bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini qo’pol ravishda buzib davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, joriy yilning fevral oyi oxiridagi reyd tadbirlari davomida Buvayda tumanining markazida joylashgan fuqaro A.Iga qarashli MCHJning elektr ta’minoti ko’rikdan o’tkazilganda, elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini qo’pol ravishda buzib, elektr hisoblagichdan tashqari foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Tegishli tartibda mazkur holatga dalolatnoma tuzib, elektr ta’minotidan o’chirildi.
Noqonuniy foydalanish holatiga 1,175 mlrd so’m qayta hisob-kitob qilinib, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Shu o‘rinda barcha turdagi iste'molchilardan elektr energiyasidan foydalanishda belgilangan tartibda qonuniy foydalanishlarini so‘rab qolamiz!