ALOQA UCHUN

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati, Samarqand hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda viloyatining barcha hududlarida viloyat hududiy filiali xodimlari uchun  korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish, davra suhbati va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda; joriy yil 14-fevral kuni Bosh prokuror oʻrinbosari rahbarligida Samarqand viloyatida energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish boʻyicha o‘tkazilgan tanqidiy yigʻilishda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim tadbirlar xususida atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Viloyat prokuraturasi, IIB va boshqa mas’ul idoralar mutasaddilari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida har bir xodim o‘ziga biriktirilgan vazifani sidqidildan bajarishi, mansab vakolatini suiste’mol qilmasligi tushuntirildi. Jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni yaratish va bunda birdamlikning ahamiyati qayd etildi.


Shuningdek, yigʻilishlarda sohadagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida taʼminot korxonalari rahbarlariga sohada keskin oʻzgarishlar qilish, ijro va mehnat intizomini qatʼiy taʼminlash, ayniqsa, xodimlar oʻrtasida profilaktika choralarini yanada kuchaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Shu bilan bir qatorda, yig‘ilishda turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, milliy qadriyatlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tahdidlarga qarshi kurashish lozimligi ham ta’kidlandi.

Tadbirda qonun ustuvor, jazo muqarrarligi tushuntirilib, barcha xodimlar yana bir bor ogohlikka chaqirildi.

  • 28.02.2025
  • 122
Sayt xaritasi