ALOQA UCHUN

“O‘zsanoatqurilishbank” “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ ishchi-xodimlarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlaydi

Bu toʼgʼrisida “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ rahbariyati hamda “O‘zsanoatqurilishbank” mutasaddilari oʼrtasida boʼlib oʼtgan uchrashuvda kelishib olindi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan oʼtkazilgan uchrashuvda bank tomonidan Jamiyat ishchi-xodimlari uchun ipoteka, avtomobilь, isteʼmol va boshqa kreditlarni imtiyozli foizlarda olish boʼyicha taqdimot boʼlib oʼtdi.

Oʼz taqdimotlari bilan ishtirok etgan “O‘zsanoatqurilishbank” mutasaddilari oʼz navbatida Jamiyat xodimlari uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar toʼgʼrisida maʼlumot berib oʼtishdi.
Xususan, bank tomonidan korporativ mijozlarning xodimlari uchun qulay va ishonchli bank xizmatlari taklif bilan bir qatorda avtokreditlar uchun imtiyozli kredit taklif qilmoqda.

Shu bilan bir qatorda uy-joy istagini bildirgan Jamiyat xodimlari uchun bank tomonidan ayni kunda birlamchi bozordan uy-joy sotib olish 15 foiz dastlabki toʼlov bilan imtiyozli kredit ajratadi.

Shu bilan bir qatorda bank tomonidan turli xil ehtiyojlar uchun bankning ish haqi loyihasidagi mijozlar uchun “Isteʼmol” kreditini ham 200.000.000 soʼmgacha imtiyozli foizlarda kredit ajratadi.

Jamiyat xodimlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida bank tomonidan kelgusida boshqa yoʼnalishdagi kreditlarni imtiyozli foizlarda taklif etish rejalashtirilmoqda.

  • 25.02.2025
  • 439
Sayt xaritasi