ALOQA UCHUN

KORRUPSION HOLATLARGA YO’L QOYMASLIK, JAMIYAT RIVOJINI KAFOLATLAYDI

“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Namangan hududiy filialining Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi tomonidan filial tarkibidagi xizmatlar, bo'limlar va shahar, tuman elektr ta’minoti xodimlari bilan “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.


"Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ Energosavdo filialining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig’i, viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, IJQK departamenti va IIB boshqarmasi maʼsullari hamda  filiali rahbariyati va ishchi-xodimlar ishtirok etgan tadbirda bugungi kunda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga doir ishlab chiqilgan qaror va farmonlarning mazmun mohiyati batafsil tushintirib berildi va soha xodimlari ogohlikka chaqirildi.


Yakunda belgilangan kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan bo’lim va xizmat boshliqlarining fikri eshitilib, atroflicha muhokama qilindi va  yig’ilish qarori qabul  qilindi.

  • 21.02.2025
  • 100
Sayt xaritasi