ALOQA UCHUN

KORRUPSIYA – JAMIYAT VA TARAQQIYOT KUSHANDASI

KORRUPSIYA – JAMIYAT VA TARAQQIYOT KUSHANDASI


Ma’lumki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati xizmati xodimlari ishtirokida hududlarda korrupsion holatlarga yo’l qо‘ymaslik borasida kengaytirilgan yig’ilishlar davom etmoqda. 

Navbatdagi tadbir “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali xodimlari o’rtasida bo’lib o’tdi.

Yig'ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig’i  I.Norov, viloyat prokuraturasi departamenti va Adliya boshqarmasi maʼsullari, Toshkent  hududiy filiali rahbariyati hamda filial ishchi xodimlari ishtirok etishdi.

Kengaytirilgan yig’ilish mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek xodimlari orasida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, manfatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurashish, odob-axloq qoidalariga rioya etishlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi. 

Uchrashuv davomida  manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta’minlash bo‘yicha mamlakatimiz miqyosida qabul qilingan chora-tadbirlarning bajarilishi orqali korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish to’g’risida tushintirish ishlari olib borildi.

  • 19.02.2025
  • 156
Sayt xaritasi