“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi masalalari to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati prokuraturasi, viloyat IIB mutasaddilari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo filiali rahbariyati va xodimlari ishtirok etgan tadbirda hududda energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni “korrupsiyasiz soha” ga aylantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishga qaratilgan izchil hamda ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan choralar joriy etilishi natijasida elektr ta’minoti sohasida faoliyatning ochiq, oshkora va shaffofligini ta’minlashga erishilganligini alohida ta’kidlab, bu masalada xodimlar o‘rtasida bunday salbiy holatlarni oldini olish zarurligini aytib o‘tdilar.
Tadbir so‘nggida xodimlarni ogohligini oshirish, turli yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetini mustahkamlash yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.