“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ TARKIBIY KORXONALARI TOMONIDAN “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA DARAXT KO‘CHATLARI O‘TKAZILMOQDA
Ma’lumki, joriy yilning 27-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili davlat dasturi loyihasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Yashil makon” dasturi doirasida har yili amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib, bu borada bu yil belgilangan rejalar bo‘yicha zarur topshiriqlar qo‘yilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini bajarish va “Yashil makon” dasturi doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ tomonidan bu yil bahor mavsumida hududlar kesimida ekish rejalashtirilgan jami 70.000 tup ko‘chatni joriy yilning 1- mart sanasigacha ekib tugatish rejalashtirilgan.
Shu maqsadda Jamiyatning barcha hududiy filial va korxonalari tomonidan “Yashil makon” dasturi doirasida ajratilgan hududlarga manzarali va mevali ko‘chatlarni o‘tkazish va ko‘klamzorlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Xususan, kuni kecha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi” filiali ishchi-xodimlari tomonidan Yangihayot tumanida joylashgan 110/10 kVli “Istiqbol” podstansiyasi hududidagi “Energetiklar bog‘i”ga qo‘shimcha ko‘chatlar o‘tkazish ishlari olib borildi.
Ming tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazilgan bog‘ning hududi tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.O‘tkazilgan ko‘chatlarni tomchilatib sug‘orish rejalashtirilgan.