Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos ma’naviy xazina
Shu kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 584 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan joylarda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, g‘azalxonlik va ruboiyxonlik kechalari, ijodiy tanlovlar о‘tkazilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ham ushbu sanalarga bag‘ishlangan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bugun, “Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi”da “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlandi.
Tashkil etilgan tadbirda elimiz suygan san’atkorlar, shoir va yozuvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbirda har ikki ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta o'rin tutishi, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va san'at, adabiyot ahliga ko'rsatgan homiyligi jihatidan ham o'xshashi yo'q siymo ekanligi, ular bugun o'zbek xalqining milliy iftixoriga, adabiy, ma'naviy kamolot timsoliga aylanganligi ta'kidlandi.
Tadbir davomida sо‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy, undan sо‘ng, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizning hayot yо‘li va ijodiga bag‘ishlangan intellektual viktorina ham о‘tkazildi va g‘oliblar munosib taqdirlandi.
Tadbir davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan va Andijon hududiy filiallari va “Farg‘ona HETK” AJ ishchi-xodimlari ishtirokida ikki buyuk ajdodimiz hayotiga bag‘ishlangan sahna kо‘rinishlari namoiysh etildi.