ALOQA UCHUN

Kuni kecha  “Hududiy elektr tarmoqlari”  AJda boshqaruv raisi o‘rinbosari Dilshod Nosirov, “UzAssets” AJ boshqaruvi raisi Bobur Abdunazarov hamda “Franklin Templeton Asset Management” MChj XK mas’ul rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi.

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatimiz investitsion jozibadorligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmini ko‘paytirish, zamonaviy korporativ boshqaruv mexanizmlarini joriy etgan holda davlat ulushi ustun bo‘lgan yirik kompaniyalar va tijorat banklarining transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish belgilangan. 

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida kuni kecha  “Hududiy elektr tarmoqlari”  AJda boshqaruv raisi o‘rinbosari Dilshod Nosirov, “UzAssets” AJ boshqaruvi raisi Bobur Abdunazarov hamda “Franklin Templeton Asset Management” MChj XK mas’ul rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi.

Unda “Hududiy elektrr tarmoqlari” AJning boshqaruv tizimi, elektr energiyasi  ta’minoti yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, tarif siyosati, iste’molchilar bilan ishlash tartiblari, xalqaro moliya institutlari tomonidan jalb qilinayotgan investitsiyalar, davlat xususiy sheriklik loyihalari va ayni yo'nalishdagi kelgusi rejalar bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, “Franklin Templeton Asset Management” MCHJ XK mas’ul rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va kelgusida hamkorlikni davom ettirish borasida takliflar bildirishdi

  • 12.02.2025
  • 395
Sayt xaritasi