ALOQA UCHUN

KORRUPSION HOLATLARGA YO’L Q OYMASLIK, JAMIYAT RIVOJINI KAFOLATLAYDI

Kuni kecha “Toshkent elektr tarmoqlari” MCHJ, “Energosavdo” filiali Toshkent shahar bo‘limi va “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi” filiali poytaxt bo‘limlari xodimlari uchun  korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi masalalari to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Toshkent elektr tarmoqlari” MCHJ rahbariyati va Jamiyat Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati rahbari boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo’lib, unga qarshi kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash barchamizning sharafli burchimiz ekanligi ta’kidlanib, joriy yilning o’tgan davri mobaynida tizimda sodir bo’lgan holatlar haqida alohida to’xtalib o’tildi.

Shu bilan bir qatorda Jamiyat tomonidan olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, ko‘maklashish o‘rniga o‘zining nopok xatti-harakatlari bilan korrupsiya botqog‘iga botayotgan xodimlar hali-hanuzgacha tizimda jon saqlab kelayotgani achinarli ekanligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishga qaratilgan izchil hamda ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan choralar joriy etilishi natijasida elektr ta’minoti sohasida faoliyatning ochiq, oshkora va shaffofligini ta’minlashga erishilganligini alohida ta’kidlab, bu masalada Jamiyat xodimlari o‘rtasida bunday salbiy holatlarni oldini olish zarurligini aytib o‘tdilar.

Tadbir so‘nggida xodimlarni ogohligini oshirish, turli yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetini mustahkamlash  yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

  • 10.02.2025
  • 106
Sayt xaritasi