ALOQA UCHUN

Qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Kuni kecha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hamda Samarqand hududiy filiallarida O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi 419-sonli hamda 2024 yil 5 iyundagi "Manfaatlar to'qnashuvi toʻgʻrisida"gi 931-sonli Qonunlarining mazmun mohiyati, korrupsiyaviy huqubuzarliklarni barvaqt oldini olish, unga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda xodimlarning korrupsiyaga qarshi huquqiy ongini yuksaltirish yuzasidan profilaktik yig’ilish bo’lib o’tdi.
 
О‘tkazilgan tadbirlarda huquqni muhofaza qilish organlari mas’ullari, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ “Energosavdo” filialining viloyat  rahbarlari boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishda, tuman va shahar elektr ta’minoti boshliqlari, “Energosavdo” bo’lim boshliqlari hamda filial bo’lim,xizmat boshliqlari qatnashdilar. 


Yig’ilish davomida masullar tomonidan qonunlarining mazmun mohiyati, korrupsiyaviy huqubuzarliklarní barvaqt oldini olish,unga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda xodimlarning korrupsiyaga qarshi huquqiy ongini yuksaltirish yuzasidan fikr yuritildi. 


Shuningdek, o'tkazilgan yig'ilishdan to'g'ri xulosa chiqarish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo'l qo'ymaslik, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ishlab chiqilgan nizom hamda boshqa me'yoriy hujjatlarga amal qilish, odob-ahloq qoidalariga rioya qilishlari zarurligi ta'kidlanib, korrupsiyaga yo'l qo'ygan hodimlarga nisbatan qat’iy hamda qonuniy choralar ko’rilishi to'g'risida  ogohlantirildi.

  • 04.02.2025
  • 91
Sayt xaritasi