ALOQA UCHUN

MО‘G‘ILSTONLIK MUTASADDILAR ASKUE TIZIMINI JORIY ETISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI BILAN TANISHDILAR

MО‘G‘ILSTONLIK MUTASADDILAR ASKUE TIZIMINI JORIY ETISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI BILAN TANISHDILAR

Bugun, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki tashabbusi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurgan Mo‘g‘uliston hukumati delegatsiyasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi” filiali  faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Markazda mutasaddilar memehmonlarga tizim imkoniyatlari haqida gapirarkan, bu yerda dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan server qurilmalari o‘rnatilgani, ulardagi dasturiy ta’minot orqali qariyb 20,0 mln. iste’molchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjudligi haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Tanishuv doirasida, shuningdek, delegatsiya a’zolari uchun Jamiyat tomonidan elektr energiyasini hisobga olish va nazarot qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish hamda orttirilgan tajriba va natijalar xususida taqdimotlar o‘tkazildi.

Xususan, respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahallalar kesimida elektr energiyasi iste’molchilarining ma’lumotlari saqlanishi, maxsus dasturiy ta’minot orqali elektr energiyasining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shaklllantirish, ko‘p tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoni mavjudligi amaliyotda ko‘rsatib o‘tildi.  

Shu bilan bir qatorda  uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan bu yo‘nalishda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik natijalari hamda istiqboldagi rejalarni muhokama etildi.

  • 30.01.2025
  • 48
Sayt xaritasi