Dual ta’lim – ta’lim yо‘lidagi sifatli islohot
Bugun, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning “Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” filialida Islom Karimov nomidagi TDU “Elektr ta’minoti” kafedrasi filialinining ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi.
Oliy ta’lim muassasi va Jamiyat rahbariyati ishtirok etgan tadbirda soha mutaxassislari, keng jamoatchilik, talbalar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev rahbarligida 2024 yil 20 iyun kuni kengaytirilgan tarzda muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Oliy ta’lim muassalari hamda vazirlik, tashkilot rahbarlari oldiga yuqori malakali muhandislar tayyorlash maqsadida bir qator vazifalar qо‘yilgan edi.
Xususan, barcha muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedralar ochish va dual ta’limni yо‘lga qо‘yish hamda amaliyot va bitiruv kursdagi ta’lim tо‘liq hamkor korxonalarda tashkil qilinishi haqida alohida topshiriq berilgan.
Shu nuqtai nazardan, “tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida dual ta’limni yо‘lga qо‘yish nafaqat kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi.
Shu bilan birga dual ta’lim tizimi “о‘qish davrida ishlash” tamoyiliga asoslanib, yoshlar uchun bir vaqtning о‘zida ishlab chiqarishdagi muammolarni hal qilish kо‘nikmalarini egallash va zamonaviy texnologiyalarni о‘zlashtirish imkonini yaratadi.
Ayniqsa, “tarmoq – korxona – oliygoh” hamkorligida tashkil etilgan bu model yana ham samarali bо‘lib hisoblanadi.
Bugungi tadbir bu zanjirni amalga oshirish yо‘lidagi muhim qadamdir. Filial bazasida haftaning uch kuni davomida “Elektr ta’minoti” kafedrasining 3,4-bosqich talabalari mutaxassislik fanlari bо‘yicha nazariy bilimlarni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ishlab chiqarish jarayonlarida qо‘llash imkoniyatini berib, ularda amaliy kо‘nikmalar va kasbiy malaka shakllantiriladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ negizida ochilayotgan kafedra filiali shu yо‘nalishdagi yana bir amaliy qadamlardan biri bо‘lib, talabalarimizga real ish sharoitida ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.
Bu tashabbus nafaqat yosh muhandislarning malakasini oshirish, balki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishga ham yordam beradi.
Mazkur yig‘ilishdagi topshiriqlar ijrosini bajarish maqsadida tashkil etilgan filial “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tо‘liq jihozlandi.
Shu bilan bir qatorda talbalar Oliy о‘quv yurtida olgan bilmlarini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Elektr energiyasi hisobining avtomatlashtirish Markazida ham amaliyot о‘tashlari mumkin.
Tadbir sо‘nggida “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tezkor brigadalari tomonidan kо‘rgazmali chiqish ham namoyish etildi.