ALOQA UCHUN

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar: mavjud muammolar va kelgusi rejalar tо‘g‘risida matbuot anjumani о‘tkazildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada  raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar: mavjud muammolar  va kelgusi rejalar tо‘g‘risida matbuot anjumani о‘tkazildi

Bugun, 23 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada  raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar: mavjud muammolar  va kelgusi rejalar” mavzuiga bag‘ishlangan matbuot anjumani о‘tkazildi.

Jamiyat mutasaddilari ishtirok etgan anjumanda soha mutaxassislari, keng jamoatchilik va OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etdilar.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda sohaga raqamlashtirish jarayonlarini keng tatbiq etish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta  farmon va qarori qabul qilingan bо‘lib, ularga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan jami 15 ta asosiy ustuvor loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Ayni paytda 9 ta loyiha, xususan, “Billing” tizimi, “Call-center”ni raqamlashtirish, “CRM” dasturi, iste’molchilarning “Shaxsiy kabineti” va mobil ilovasi, Elektron hujjat aylanish tizimi (EDO), Korporativ ma’lumotlarni saqlash (DWH) va tahliliy platformasi (BI), “Energetikning virtual ish stoli" loyihasi – Yangi qurilish, modernizatsiya va rekonstruksiya jarayonlarini avtomatlashtirish, “Elektron dalolatnoma” dasturi – Geoinformatsion tizim tо‘liq ishga tushirildi. E’tiborlisi, yana 6 ta yangi loyiha ishlab chiqilish jarayonida.

2025 yilga belgilangan pirovard maqsadlar – raqamli ombor dasturi, xarid tizimini raqamlashtirish, korxonaning resurslarini rejalashtirish (ERP) dasturi, texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (SCADA), Ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanishni amaliyotga joriy etish.

О‘tgan yilda ishga tushirilgan dasturiy komplekslardan biri – “HET BILLING” mobil ilovasi afzalliklariga tо‘xtaladigan bо‘lsak, mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan tо‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bо‘ldilar.

Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olish imkoniyatiga ega bо‘ldilar. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Shu qatorda qoidabuzarliklar, jismoniy va yuridik iste’molchilar dalolatnomalarini yaratish bо‘yicha “E-dalolatnoma” tizimi – Yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda ishlab chiqildi va hududiy korxona va filiallarda mazkur tizimda faoliyat olib boradigan mas’ul xodimlar planshetlar bilan ta’minlandi.

Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi “Technocorp” MCHJ bilan xamkorlikda amaliyotga kiritilgan “Energetikning virtual ish stoli" loyihasi doirasida loyihalarning texnik topshirig‘i ishlab chiqilgan, tasdiqlangan, hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestriga kiritilgan.

Geoinformatsion avtomatlashtirilgan axborot (Geoaxborot) tizimi esa yangi “Billing” tizimi doirasida yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda ishlab chiqildi. Bugungi kunda Jamiyat tomonidan tizim tо‘liq ishga tushirildi. Iste’molchilar yangi tizim orqali texnik shart olish, on-layn tarzda elektr tarmoqlariga ulanish nuqtalarini avtomatik tarzda tanlagan holda murojaat yuborishi hamda javoblarini elektron kо‘rinishda olish imkoniyatlari yaratilgan.

         Shu bilan bir qatorda tabiiy gaz, suv, elektr hisoblagichlarini qiyoslash sertifikatining amal qilish muddati tugayotgani tо‘g‘risida ma’lumot, elektr energiyasidan qarzdorlik, elektr energiyasi sarfi va qabul qilingan tо‘lovlar, shuningdek, foydalanuvchilarga yuboriladigan barcha turdagi ma’lumotlar bо‘yicha SMS-xabarnoma xizmatlarini kо‘rsatish uchun “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” bilan Bosh kelishuv imzolandi, texnik yо‘riqnoma tasdiqlandi va hozirda integratsiya ishlari yakunlangan.

         Tizimda raqamlashtirish jarayonlarini samarali joriy etish orqali “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Billing” dasturiy kompleksida iste’molchi shartnoma kartochkasida hisob raqami, kadastr raqami, JSHSHIR, pasport ma’lumotlari, transformator, hisoblagich turi, hisoblagich raqami mavjud bо‘lib, ma’lumot olish va uzatishda tezkorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Elektr energiyasi iste’molchilari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning het.uz saytida “Iste’molchi kabineti” hamda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali о‘z hisob raqamlari bо‘yicha tо‘liq ma’lumotga ega bо‘lish imkoniyati ham yaratilgan.

Tadbirda jurnalistlarning savollariga batafsi javob qaytarildi.

  • 23.01.2025
  • 212
Sayt xaritasi