ALOQA UCHUN

Ushbu transformator punktidagi mavjud 400 kVA kuchlanishli transformator 630 kVA bo'lgan zahira transformatoriga almashtirildi.

Poytaxtimizda havo harorati keskin pasayishiga qaramay «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ va uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta'minoti korxonalarining avariyaga qarshi tezkor guruhi tomonidan iste'molchilarga qahraton qishning qirovli kunlarida sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun o'z ish faoliyatini tun-u kun davom ettirmoqdalar

Yashnobod tuman elektr ta`minotining avariyaga qarshi tezkor guruhi tomonidan tumanning «Istiqlol» mahallasi hududidagi TP-521-sonli transformator punktida yuklamaning ortishi sabab mavjud transformatorda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nosozlikni oldini olish maqsadida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, ushbu transformator punktidagi mavjud 400 kVA kuchlanishli transformator 630 kVA bo'lgan zahira transformatoriga almashtirildi.
 

  • 16.12.2024
  • 611
Sayt xaritasi