Texnik tadbirlar natijasida 401,528 mln.kVt.soat elektr energiyasini iqtisod qilishga erishildi
Bugungi kunda yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish katta miqdordagi mablag‘larni iqtisod qilish bilan bir qatorda uni boshqa istiqbolli loyihalar rо‘yobi uchun yо‘naltirish imkonini bermoqda.
Shu maqsadda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Davlatimiz rahbarining joriy yil 14 iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkiliy va texnik tadbirlar hisobiga elektr energiyasi iqtisod qilish choralari kо‘rilmoqda.
Xususan, yuklama bilan ishlab turgan transformatorlarni almashtirish, iste’moli yuqori bо‘lgan hududlarda qо‘shimcha transformator о‘rnatish hamda yuklama bilan ishlab turgan kuch transformatorlarning bosqichma-bosqich almashtirish kabi bir qator choralar kо‘rildi.
Olib borilgan shunday amaliy ishlar natijasida joriy yilning sentabr oyidan hozirgi kungacha 401,528 mln.kVt.soat elektr energiyasini iqtisod qilishga erishildi.
Ushbu tadbirlardan kо‘zlangan asosiy maqsad aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashdan iboratdir.