ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJNING 2024 YILNING 9 OYLIGI YAKUNLARI KО‘RIB CHIQILDI

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJNING 2024 YILNING 9 OYLIGI YAKUNLARI KО‘RIB CHIQILDI

Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi. Unda Kengash a’zolari, Jamiyat rahbariyati hamda boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

  Yig‘ilishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2024 yilning 9 oyligi yakunlari bо‘yicha moliyaviy xо‘jalik faoliyati natijalari, jamiyat rahbariyati faoliyatining eng muhim samaradorlik kо‘rsatkichlari (KPI) ijrosi bilan tanishish, ichki audit xizmatining hisobotini kо‘rib chiqish, Jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasi loyihasini  kо‘rib chiqish, 2024-yilning tо‘rtinchi choragi hamda 2025 yilda amalga oshiriladigan davlat xaridlarining jadvalini kо‘rib chiqish hamda 2025 yilga mо‘ljallangan Biznes-rejasini tasdiqlash tо‘g‘risidagi masalalari kо‘rib chiqildi.


Yig‘ilishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati va tegishli mas’ul xodim va boshqarma boshliqlarining hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Kuzatuv Kengashi a’zolari kо‘rib chiqilayotgan maslalar yuzasidan о‘zlarining zarur kо‘rsatma va  topshiriqlarini bildirdilar


 
Yig‘ilish yakunlariga kо‘ra, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan kо‘rib chiqilayotgan masalalar tasdiqlandi.

 

  • 29.11.2024
  • 2243
Sayt xaritasi