ALOQA UCHUN

Gender tenglik masalasi alohida e’tiborda

Bugun “Hyatt Regency Tashkent”da “Hududiy elektr Tarmoqlari” AJ hamda Osiyo Tarraqqiyot Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Gender siyosati asoslarini yaratish bo‘yicha xabardorlikni oshirish” mavzusida anjuman-trening bo‘lib o‘tdi.

OTBning “Elektr tarmoqlarini raqamlashtirish hamda barqarorligini oshirish loyihasi” loyihasi ostida “Ekvita” (Italiya) konsalting kompaniyasning Texnik yordami bilan tashkil etilgan tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati, gender tenglik Kengashi a’zolari, hududiy bo‘linmalarning gender tenglik Kengashlari raislari, xotin-qizlar Kengashlari raislari, kadrlar bo‘limlari rahbarlari hamda loyihani amalga oshirish guruh rahbariyati ishtirok etdilar.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirokchilarni gender tenglik asosiy tushunchalari va energetika sohasida ayollar ishtirokini kengroq ta’minlashga qaratilgan asosiy jihatlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, tadbir davomida kichik guruhlarda “Hududiy elektr tarmoqlari”AJning xodimlar  va ish joyni boshqarish siyosatiga gender tengligi nuqtai nazaridan o‘zgarishlar kiritish masalalari, tashkilotda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda gender zo‘ravonlik va ta’qib shikoyatlarini ko‘rib chiqish mexanizmi, shuningdek, zarur chora-tadbirlarni tashkilot siyosatiga kiritish jihatlari ko‘rib chiqildi.

  • 27.11.2024
  • 651
Sayt xaritasi