ALOQA UCHUN

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish masalalari davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish masalalari davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Bugun har qaysi sohaga e’tibor qaratmang u yerda teng nufuzga ega holda mehnat qilayotgan ayollarni kо‘ramiz.

Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda ham bugun erkaklar bilan yelkama-yelka mehnat qilib kelayotgan ayol xodimlar  soni – 2 680 ni tashkil etadi.

Darhaqiqat, keyingi yillarda xotin-qizlarning hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularga daxldor ijtimoiy muammolarni hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada bir qator Hukumat qaror va farmonlari imzolangan. Ana shunday hujjatlar qatorida, 2019 yil 2 sentabrda qabul qilingan  “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari tо‘g‘risida” О‘zbekiston Respublikasining qonuni asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning tarkibiy korxonalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida Gender Maslahat kengashlari tashkil etilgan.

Gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Balki har ikki jins vakillarining о‘z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi, xolos.

 Bugungi kunda aynan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda ham teng nufuzga ega holda mehnat qilayotgan ayollar – operatorlikdan tortib katta yuk ortuvchi kran mashinistigacha hamda rahbar lavozimlarda faoliyat yuritayotgan nozik xilqat vakilalari о‘z mehnati bilan jamiyat rivojiga hissa qо‘shib kelishmoqda.

Jamiyatda yetakchi ayollar safini kengaytirish, ularning sohadagi yetakchilik va rahbarlik qobiliyati, intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, xotin-qizlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tizimli va davomiy bо‘lishi uchun kelgusida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan barcha choralar kо‘riladi.

  • 11.11.2024
  • 1321
Sayt xaritasi