- Jamiyatning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta'minlash, sohaga salohiyatli kadrlarni jalb etish;
- yosh kadrlar bilan ishlash, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy o‘quv markazlari va kurslarida xodimlar kasbiy malakasini doimiy oshirib borishlari uchun sharoit yaratish;
- «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari uchun xorijiy moliya institutlari yetakchi mutaxassislari ishtirokida MSFO standartlari bo‘yicha hisobot tayyorlashning asosiy metodlari, ularni tatbiq etishning o‘ziga xos xususiyatlari va «Korxonani boshqarish» ERP tizimini joriy etishga qaratilgan brifing, seminarlar va boshqa uchrashuvlar tashkil etish;
- xodimlarning yanada samarali ishlashiga erishish, ularning mehnat muhofazasini ta'minlash.
2026 yil 1 noyabr holatiga «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ xodimlarining umumiy soni 24 878 nafarni tashkil etdi. 2025 yilning mos davriga nisbatan xodimlar sonining kamayishi, asosan, tashkiliy о‘zgarishlar, xususan, 35–110 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining «О‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruviga о‘tkazilishi va shu munosabat bilan xodimlarning bir qismi boshqa tashkilotga о‘tkazilishi bilan izohlanadi.
Xodimlarning 22 372 nafar erkak (90%) va 2 506 nafar ayol (11%) faoliyat yuritmoqda.
Yosh tarkibi tahlili xodimlarning asosiy qismi – 90% 31–50 yosh toifasiga mansubligini kо‘rsatmoqda. 30 yoshgacha bо‘lganlar 18%, 50 yoshdan yuqori xodimlar esa 13 % tashkil etadi.
Xodimlar sonining yosh toifalari bо‘yicha taqsimoti
|
Kо‘rsatgich |
2023 |
2024 |
2025 |
2026 |
|
30 yoshgacha bо‘lgan xodimlar (nafar) |
4 946 |
4 580 |
4 323 |
4484 |
|
30 yoshdan 50 yoshgacha |
17 692 |
19 808 |
17 524 |
17285 |
|
50 yoshdan yuqori |
3 519 |
3 583 |
3 383 |
3109 |
|
|
2023 |
2024 |
2025 |
2026 |
|
Ayollar |
2 650 |
2 614 |
2 497 |
2 506 |
|
Erkaklar |
23 507 |
25 357 |
22 733 |
22 372 |
Boshqaruv organlari tarkibi va xodimlarning jinsi bо‘yicha taqsimoti
|
Kо‘rsatkich |
2023 |
2024 |
2025 |
2026 |
|
|
Erkaklar |
Quyi bо‘g‘indagi lavozimlar |
21 750 |
23 353 |
20 877 |
20254 |
|
Rahbarlik lavozimlari |
1 757 |
2 004 |
1 856 |
2118 |
|
|
Ayollar |
Quyi bо‘g‘indagi lavozimlar |
2 588 |
2 520 |
2 438 |
2445 |
|
Rahbarlik lavozimlari |
62 |
94 |
59 |
61 |
|
KADRLAR TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH
2026 yil 1 noyabr holatiga kо‘ra, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ xodimlarining kasbiy bilim va kо‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Ilmiy-texnik va xodimlarni malakasini oshirish markazi” filiali tomonidan jami 72 soatlik о‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Natijada 1356 nafar xodimning malakasi oshirildi, ular uchun jami 24 soatlik amaliy о‘quv kurslari tashkil etildi.
О‘quv dasturlari texnik yо‘nalishlar, mehnat muhofazasi, raqamli kо‘nikmalar, boshqaruv kompetensiyalari hamda zamonaviy ishlab chiqarish standartlarini о‘zlashtirishni qamrab oldi.
MEHNATNI MUHOFAZA QILISH VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI MASALALARI BО‘YICHA О‘TKAZILGAN О‘RTACHA О‘QUV SOATLARI
|
Kо‘rsatgich |
2023 |
2024 |
2025 |
2026 |
|
Jamiyatning bir nafar о‘z xodimiga mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bо‘yicha tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha о‘quv soatlari, soat. |
68 |
72 |
72 |
144 |
|
Mehnatni muhofaza qilish va ish joyidagi xavfsizlik masalalari bо‘yicha о‘quvdan о‘tgan xodimlar soni, nafar. |
13 342 |
13 605 |
11 762 |
12135 |