“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJNING MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENS FAOLIYATIGA MAS’UL XODIMLAR UCHUN О‘QUV KURSI BО‘LIB О‘TDI
Joriy yilning 10-11 oktabr kunlari Raqobat qо‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan о‘quv kursi bо‘lib о‘tdi.
Mazkur о‘quv kurslari doirasida, monopoliyaga qarshi komplayens va Davlat xaridlari bо‘yicha mas’ul xodimlariga tartibga solinadigan narxlarni shakllantirish, deklaratsiya qilish va belgilash hamda ularning qо‘llanishi tartiblari, raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tо‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari va unga kiritilgan о‘zgartirish va qо‘shimchalar bо‘yicha hamda shartnomalarni tuzish, kelishish va uning talablariga rioya qilinishi bо‘yicha tegishli misollar bilan tushuntirishlar berildi.
О‘quv kursi yakunida tinglovchilarning monopoliyaga qarshi komplayens hamda elektr energiyasi yetkazib berish sohasini rivojlantirishga tо‘siq bо‘layotgan hamda iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan bildirilgan e’tirozlar muammolarni bartaraf etish bо‘yicha fikr-mulohazalari va takliflari birgalikda muhokama qilindi.