ALOQA UCHUN

OZARBAYJONLIK MUTASADDILAR ASKUE TIZIMINI JORIY ETISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI BILAN TANISHDILAR

OZARBAYJONLIK MUTASADDILAR ASKUE TIZIMINI JORIY ETISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI BILAN TANISHDILAR

Kuni kecha Ozarbayjon Respublikasi «Azerishig» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Vugar Axmedov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Hududiy elektr tarmoqlari” Ajning “Elektr energiyasi sotishni avtomatlashtirish markazi” filialida respublikamiz bo‘ylab joriy etilgan elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish tizimi bilan yaqindan tanishdilar. 


Markazda mutasaddilar memehmonlarga tizim imkoniyatlari haqida gapirarkan, bu yerda dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan server qurilmalari o‘rnatilgani, ulardagi dasturiy ta’minot orqali qariyb 20,0 mln. iste’molchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjudligi haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Tanishuv doirasida, shuningdek, delegatsiya a’zolari uchun Jamiyat tomonidan elektr energiyasini hisobga olish va nazarot qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish hamda orttirilgan tajriba va natijalar xususida taqdimotlar o‘tkazildi.


Xususan, respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahallalar kesimida elektr energiyasi iste’molchilarining ma’lumotlari saqlanishi, maxsus dasturiy ta’minot orqali elektr energiyasining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shaklllantirish, ko‘p tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoni mavjudligi amaliyotda ko‘rsatib o‘tildi.  


Shuningdek, tadbir davomida mehmonlar “Elektron xisoblagich” MCHJ QKda bo‘lib, hisoblagichlarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdilar hamda “Toshkent siti” obyekti hududida qurilayotgan podstansiya faoliyati bilan ham tanishishdi.

  • 26.09.2024
  • 256
Sayt xaritasi