ALOQA UCHUN

GENDER TENGLIK JAMIYAT RIVOJINING MUHIM ASOSLARIDAN  BIRIDIR

GENDER TENGLIK JAMIYAT RIVOJINING MUHIM ASOSLARIDAN  BIRIDIR

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda Osiyo tarraqiyot banki mutasaddilari bilan gender tenglik masalalari bо‘yicha uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

Uchrashuvda Jamiyat hamda uning tarkibiy tashkilotlarining gender masalalari bо‘yicha ma’sul xodimlar hamda Osiyo tarraqiyot banki vakillari ishtirok etishdi. 

OTBning О‘zbekistondagi vakolatxonasi gender masalalari bо‘yicha eksperti – Fayzullayeva Eleonora tayyorlangan о‘z taqdimotida gender tenglik va gender tenglikni ta’minlashning asosiy tamoyillari, energetika sohasida gender tenglik bо‘yicha dolzarb muammolar, kasbiy malakalar va boshqa masalalarga alohida tо‘xtaldi. Shuningdek, amalga oshirilishi kerak bо‘lgan ishlar yuzasidan tavsiyalar berdi.

 

Qiziqarli va dо‘stona tarzda о‘tgan uchrashuvda tomonlar hamkorlikda qilinishi lozim bо‘lgan masalalarni aniqlab oldi.

  • 23.09.2024
  • 87
Sayt xaritasi