HUDUDLARDA “QADRING BALAND BO’LSIN ONA TILIM” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G’OLIBLARI ANIQLANMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tashabbusi bilan “Davlat tili to’g’risida”gi qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag’ishlab hududlarda “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” tanlovi о‘tkazilmoqda.
Shu kunlarda tizimda o’zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning strategik yo’nalishlarini ishlab chiqib amaliyotda faol qo’llagan, jumladan lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini qo’llash, mehnat jamoalarida davlat tiliga hurmat-e’tibor muhitini shakllantirish uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni namunali yo’lga qoygan tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari orasida viloyat bosqichi g‘olibligini qо‘lga kiritganlar aniqlanmoqda.
Xususan, kuni kecha Andijon va Samarqand hududiy filiallarida g‘oliblarni taqdirlash marosimi о‘tkazildi.
Tanlovning Respublika bosqichi oktabr oyida o‘tkazilishi belgilangan.