MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENS FAOLIYATIGA MAS’UL XODIMLAR UCHUN О‘QUV KURSLARINING NAVBATDAGI DASTURI BО‘LIB О‘TDI
Joriy yilning 17-19 sentabr kunlari Raqobat qо‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan о‘quv kurslari bо‘lib о‘tdi.
Mazkur kurslarda respublikadagi yirik korxonalar О‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ, “Quyuv-mexanika zavodi” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, "О‘zbekgeofizika" AJ, "О‘zog‘irsanoatloyiha" AJ, , "Toshshaharnur" DUK, "Uzdigital TV" MCHJ, "Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti" MCHJlarning monopoliyaga qarshi komplayens bо‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etdi.