ALOQA UCHUN

AXBOROT TA’MINOTI HAMDA KIBERXAVFSIZLIKNI TA’MINLASH XODIMLARI MALAKA OSHIRISH KURSLARINI YAKUNLADI

AXBOROT TA’MINOTI HAMDA KIBERXAVFSIZLIKNI TA’MINLASH XODIMLARI MALAKA OSHIRISH KURSLARINI YAKUNLADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi   Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va hududiy filiallarining soha xodimlari axborot texnologiyalari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni egalladilar.

 

To‘rt oy davom etgan malaka oshirish kurslarida xodimlar zamonaviy tarmoq texnologiyalarini o‘rgangan holda, tarmoq qurilmalarini sozlash va ularni real tarmoqlarda tadbiq qilish, paydo bo‘layotgan kibertahdidlardan himoya qilish usullari va dasturlash bo‘yicha kerakli zarur bilimlarni oshirdilar.

Mashg‘ulotlar Markaziy Osiyoda о‘z nufuziga ega IT bilim dargohlaridan biri hisoblangan “ASTRUM IT” Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

  • 19.09.2024
  • 602
Sayt xaritasi