“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali tomonidan aholi iste'molchilarining elektr ta'minotini yaxshilash hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, G'ozg'on shahri aholi iste’molchilari hamda sanoat zonasidagi korxonalarining uzluksiz ishlashi va yangi rejalashtirilgan loyihalarga zarur bo‘ladigan elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 110/35/10 kVli podstansiya hamda 12 kilometr uzunlikdagi 2 zanjirli 110 kvli havo elektr tarmog‘i qurish ishlari davom etmoqda.