ALOQA UCHUN

CHILONZOR TUMANIDA TARG‘IBOT ISHLARI TASHKIL ETILDI

CHILONZOR TUMANIDA TARG‘IBOT ISHLARI TASHKIL ETILDI


Ma’lumki, joriy yilning 10 iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bо‘lib о‘tgan edi.


Yig‘ilishda energetika tarmog‘ini rivojlantirish va barqaror faoliyatini ta’minlash, energiya manbalarini va generatsiya quvvatlarini kо‘paytirish – davlatimiz siyosatining ustuvor yо‘nalishidan biri ekanligi alohida ta’kidlanib, energiya resurslaridan oqilona foydalanmasdan, tarmoq va hududlarda, ham ijtimoiy, ham iqtisodiy sohalarda energiya samaradorligini ta’minlamasdan tizimda yuqori natijalarga erishib bо‘lmasligi xusida tо‘xtalib tizim rahbarlariga bu borada alohida topshiriqlar qо‘yigan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun Toshkent shahar Chilonzor tuman hokimligi tashabbusi bilan О‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ  hamda “Hudududgazta’minot” AJ hamkorligida tadbirkorlik sube’ktlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.


Seminar davomida ilg‘or tajriba asosida soha va tarmoqlarda energiya samaradorlikni baholash, elektr va gaz tejash bо‘yicha mutasaddilar tomonidan tavsiyalar hamda muqobil energiya manbalarini joriy etish bо‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati va mas’ullari tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 57-sonli qarori hamda 2024 yil 14 iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 222-sonli qarori mazmun mohiyati haqida tushunchalar berildi.


Xususan, mazkur qarorlar asosida muqobil energiya manbalarni о‘rnatish hamda aholi va tadbirkorlarga berilgan soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, kredit masalalarida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar yakunlariga kо‘ra, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

  • 09.08.2024
  • 1253
Sayt xaritasi