ALOQA UCHUN

ELEKTR JIHOZLARDAN FOYDALANISH BO'YICHA AYRIM MASLAHATLAR

Sinoptiklar ma’lumotiga kо‘ra joriy yilning 25-29 iyul kunlari О‘zbekiston bо‘yicha juda issiq ob-havo bо‘lishi kutilmoqda. Bunday vaziyatda sovitish tizimlari va maishiy jihozlari qо‘l kelib, jaziramani osonroq о‘tkazishimizga yordam beradi, albatta. 

Shu о‘rinda, elektr jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish muhimligini, aks holda yong‘in, elektr tokidan zararlanish va boshqa shu kabi noxush holatlar kelib chiqish xavfi mavjudligini eslatib о‘tmoqchimiz. 

Kundalik hayotimizda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bо‘yicha quyidagi ayrim kо‘rsatmalarga rioya qilsak, kelib chiqishi mumkin bо‘lgan noxush vaziyatlarni oldini olgan bо‘lardik:

Elektr jihozlardan foydalanish bо‘yicha yо‘riqnomada keltirilgan talablarni buzmaslik uchun undagi ma’lumotlarni diqqat bilan о‘rganib chiqing. Unutmang, har qanday elektr jihozning о‘z ekspluatatsiya muddati bо‘lib, bu о‘rtacha hisobda 10 yilni tashkil etadi. Belgilangan muddatdan ortiq foydalanish kо‘ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin. 
— Maishiy sovitish uskunalari uchun mо‘ljallangan elektrо‘tkazgich, rozetka va boshqa elektr jihozlar sozligiga doimo ahamiyat qarating.
— Sovitish uskunalarining holatini nazorat qilib boring, ya’ni ularni о‘z vaqtida ta’mirlash, ishdan chiqqan qismlarini almashtirish yodingizdan kо‘tarilmasin. 
— Elektr tarmoqlarida yuklama hosil bо‘lmasligi uchun bir vaqtning о‘zida bir nechta sovitish jihozlaridan foydalanmaslikka harakat qiling. 
— Shteker rozetkaga tо‘liq kirganiga ishonch hosil qiling, aks holda elektr о‘tkazuvchi sim qizib ketishi oqibatida yong‘in sodir bо‘lishi mumkin.
— Elektr simlarini gilam va boshqa tо‘shamalar ostidan о‘tishiga yо‘l qо‘ymang. 
— Elektr simlari ustiga og‘ir buyumlar, masalan mebel qо‘ymang, bu simning qizishi va yong‘in kelib chiqishiga sabab bо‘lishi mumkin.


Unutmang, mazkur qoidalarga amal qilish Sizning va yaqinlaringizning hayotini xavf ostiga qо‘yish va mulkingizga shikast yetishidan asraydi!

  • 25.07.2024
  • 1280
Sayt xaritasi