ALOQA UCHUN

"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ OGOHLANTIRADI!

"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ OGOHLANTIRADI!


Keyingi paytlarda respublikamizning turli hududlarida aholi xonadonlariga kirib, «Biz elektr tarmoqlari korxonasidanmiz, xonadoningizdagi elektr jihozlarini tekshirgani keldik», deya aldov yо‘li bilan elektr hisoblagich va boshqa elektr jihozlarini nomiga kо‘rikdan о‘tkazib, ushbu xizmatlari uchun iste’molchilardan majburiy tо‘lov undirib yurgan shaxslar mavjudligi yuzasidan kо‘plab ma’lumotlar kelib tushmoqda.


“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati ushbu holat yuzasidan quyidagilarni bildiradi. Aslida bunday yakka tadbirkorlik subyektlari hamda xususiy korxonalar vakillarining ish hujjatlarida “elektr jihozlariga xizmat kо‘rsatiladi” degan yozuv bо‘lsada, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy korxonalariga biror aloqasi yо‘q va hech qanday shartnomaga ega emas.


Elektr energiyasi iste’molchilariga shuni eslatib о‘tamizki, kuchlanish ostida bо‘lgan har qanday elektr jihozlari tegishli malakaga ega bо‘lgan mutaxassis tomonidan kо‘rikdan о‘tkazilishi, kerak bо‘lsa, ta’mirlanishi maqsadga muvofiqdir.
Xabaringiz bor, «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibida elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya, shuningdek, rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi 14 ta hududiy (har bir tuman va shaharlarda mavjud) elektr tarmoqlari korxonalari faoliyat olib bormoqda. Alohida ta’kidlash joizki, Jamiyat xodimlari о‘z xizmat guvohnomalari va tegishli xizmat kiyimlariga egadir.   
“Hududiy elektr tarmoqlari» AJ barcha elektr energiya iste’molchilariga xonadongizga tashrif buyurib, о‘zini elektr energiyasi korxonasi xodimi deb tanishtirgan yoki boshqa shubhali shaxslarga duch kelganda, xizmat guvohnomasini talab qilgan holda ular bilan muomilaga kirishish kerakligini eslatib о‘tadi.
Yuqoridagi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning 1154 qisqa raqami yoki “Hududiy elektr tarmoqlari bilan muloqot” telegram-kanaliga murojaat qilishni sо‘rab qolamiz.

  • 22.07.2024
  • 1786
Sayt xaritasi