ALOQA UCHUN

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmat xodimlari malakasi oshirilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmat xodimlari malakasi oshirilmoqda

Bugun, 22 iyun kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bо‘limi) xodimlari uchun Yuristlar malakasini oshirish markazida maxsus о‘quv kurslari boshlandi.

О‘quv kurslarini tashkil etishdan asosiy maqsad Jamiyatda halollik standarti va manfaatlar tо‘qnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda kо‘maklashish bо‘yicha ta’sirchan choralarni kо‘rish, shuningdek, korrupsiyaning barcha kо‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirokchilarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishdan iboratdir.

 

Besh kun davomida tinglovchilar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlari, ayni sohadagi xalqaro hujjatlar va tajriba, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, korrupsiyaga qarshi “komplayens-nazorat” tizimining kelib chiqishi, uning elementlari va asosiy yо‘nalishlari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash tartibi, korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasini bartaraf etish choralari, xodimlarning odob-axloq qoidalari va ularga rioya qilmaslik uchun javobgarlik, manfaatlar tо‘qnashuvi tushunchasi va uni hal qilish choralari masalalari bо‘yicha о‘z bilim va kо‘nikmalarini oshiradilar.

  • 22.07.2024
  • 710
Sayt xaritasi