POYTAXTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan poytaxtimizda 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida barcha tumanlarda belgilangan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Xususan, Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan “Yashnobod” MFY Qorasuv ko`chasi hududidagi ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarini elektr ta'minotini yanada yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi mavjud quvvati 10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli TP-3060-sonli transformator punktida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mavsumga tayyorgarlik ishlari butun poytaxtimiz bо‘ylab qizg‘in davom etmoqda.