"NAVRO'Z" KICHIK SANOAT HUDUDIDAGI XODIMLAR O’RTASIDA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishchi guruhi tuzilib, Sirdaryo viloyati hududlarida aholi o’rtasida Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qaroriga muvofiq bo’yicha to’lov intizomiga rioya qilish, qarorning mazmun-mohiyatini iste'molchilarga to'gri tushuntirish ishlari olib bormoqdalar.
Bugun "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ MXTX boshlig‘i M. Egamqulov va Sirdaryo filiali ma'sul xodimlari ishtirokida Mirzaobod tumanida joylashgan "Navro'z" kichik sanoat hududida ishlovchi fuqarolar o’rtasida tarif bo’yicha savollarga javoblar berildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar nazoratga olindi. Mirzaobod tumanida targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.