ALOQA UCHUN

OAV xodimlari va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi

OAV xodimlari va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi

 

Bugun, 11 iyul kuni "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning "Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi" filialiga  ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Keyingi paytlarda iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi hisob-kitobiga oid yo‘llanayotgan  murojaatlar hamda bu bo‘yicha kelib chiqayotgan tushunmovchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida tashkil etilgan tadbirda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) orqali iste’molning sutkalik, oylik va yillik nazorati yuritilishi  yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda qatnashgan ishtirokchilar о‘zlarining barcha qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

  • 11.07.2024
  • 815
Sayt xaritasi