HUDUDLARDA ISHCHI GURUH TOMONIDAN AHOLI O’RTASIDA TUSHINTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/6884060) muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishchi guruhi tuzilib, Andijon viloyatining bir nechta hududlarida aholi o’rtasida to’lov intizomiga rioya qilish bo’yicha Mahalla yettiligi bilan birgalikda tushintirish ishlari olib bormoqdalar.
Ayni vaqtda Andijon shahrining “Sarvontepa” MFY hududida yashovchi aholi uchun targ’ibot ishlari olib borilib, aholi o’rtasida tarif bo’yicha qiynab kelayotgan savollarga javob berildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar nazoratga olindi.