Energetik xavfsizlikni ta’minlash sohasida nazoratni tashkil etish, energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy soha obyektlari va kо‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining sohaviy о‘rinbosarlari, tuman–shahar prokurorlari, bо‘lim boshliqlari “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” AJlarning hududiy filiallari hamda О‘zenergoinspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirokida Davlat boshqaruv Akademiyasida о‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
О‘quv mashg‘ulotlarida asosiy e’tibor, ishtirokchilarda energobalansni shakllantirish, energiya resurslarini iqtisod qilish va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishda mahallabay ishlash bо‘yicha yangicha yondashuvlarga oid bilim va kо‘nikmalarni oshirishga qaratilmoqda.
Shuningdek, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish jarayonida hamkorlik mexanizmi ishtirokchilarning e’tiboriga yetkazildi.
Seminarning dastlabki kunida tinglovchilarga neft, tabiiy gaz, elektr energiyasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga doir nazariy bilimlar soha mutaxassislari, professor-olimlar tomonidan batafsil tushuntirildi.